
Oleg Zoteev: Cheranning yaxshiroq chempionatda to‘p surishiga kuchi etmaydi
Janubiy Koreyada to‘p surayotgan hamyurtimiz Oleg Zoteev O‘zbekiston chempionati haqida fikr bildirar ekan, Superligaga saviyali ligionerlar etishmayotganiga e’tibor qaratgan holda “Paxtakor” to‘purari Dragan Cheran haqida shunday dedi:
- Ha, eng zo‘ri Cheran, lekin u nechiga kirdi? Dragan boshqa yaxshiroq chempionatga borib o‘ynamaydi, bu 100 foiz. Kuchi etmaydi. Bu shunchaki fakt.
Tez orada Zoteev bilan uyushtirilgan qiziqarli suhbatni sports.uz saytida o‘qishingiz mumkin.
Fikrlar