Olimpiadada qaysi boks terma jamoasi yuqori natija qayd etadi? Qozog‘istonlik jurnalist bilan qiziqarli bahs!

  • 12.07.2024 12:38
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, Parij Olimpiadasiga ham oz fursat qoldi va tabiiyki bokschilarimizdan yaxshi natijalar kutayotganligimiz ham rost. Albatta, qo‘shnilarimiz qozog‘istonlik bokschilar ham asosiy raqobatchilarimiz ekanligi barchaga ayon. Aynan boks orqali qozog‘istonlik ajoyib jurnalist va sharhlovchi Ayan Tolegen bilan juda ham qadrdon do‘stlarga aylanganmiz. Uning boksni juda yaxshi tushunishi va xolis baho berishi, kuchli raqibni tan olishi kabi xislatlarini har doim hurmat qilib kelganman. U bilan juda ko‘p bahslashganmiz. Asosiysiga to‘xtaladigan bo‘lsam, hisob hozircha teng, to‘g‘rirog‘i, 1:1 ko‘rinish olgan. Dastlab, Serbiyadagi jahon chempionatida u g‘olib bo‘lgandi. Toshkentdagi jahon chempionatida esa men zafar quchganman. Ya’ni, bokschilarimizning umumiy natijalari borasida bahslashganmiz. Lekin Olimpiadadan keyin bu o‘zgarishi aniq. Chunki yana bir bora bahs boylashdik. Bu safargisi qiziqarliroq...

Ahmadbek: Assalomu alaykum. Qadrdonim bormisan?

Ayan: Va alaykum assalom. Rahmat. O‘zing omonmisan?

Ahmadbek:  Olimpiada boshlanishiga oz qoldi...?

Ayan:  Albatta, Parijga borasanmi?

Ahmadbek: Yo‘q. Buni imkoni bo‘lmadi!

Ayan: Exxx, mayli unda sen uchun ham aylanib kelaman (kuladi)

Ahmadbek: Bu safar ham bahs bog‘lashamizmi?

Ayan: Albatta. Qani eshitaylikchi?

Ahmadbek: Har doimgidek...

Ayan: Kel, bu safar boshqacharoq yondoshamiz?

Ahmadbek: Ya’ni?

Ayan: Agar, Qozog‘iston boks terma jamoasidan o‘zbekistonlik bokschilar yuqori natija qayd etishsa, men seni Ostonaga taklif qilaman va katta mexmondorchilik mendan. Agar, O‘zbekiston terma jamoasi qozog‘istonlik bokschilardan ortda qolsa, sen bilan Toshkentda ko‘rishamiz. Nima deding?

Ahmadbek: Nima ham derdim. Har qanday holatda ham seni mexmon qilishdan faqat xursand bo‘lardim! 

Ayan: Unda kelishdik. 

Ahmadbek: Yaxshi do‘stim, Olimpiadada qozog‘istonlik sportchilarga omad tilayman.

Ayan: Men ham o‘zbekistonlik sportchilarga faqat yaxshi tilaklar bildirib qolaman!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!