"Olimpik" sobiq futbolchisining yagona goli evaziga mag‘lub bo‘ldi

  • 17.11.2024 19:08
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalangan "Olimpik" bugun "Lokomotiv"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. "Jar" stadionida kechgan bahsda "temiryo‘lchilar" Temur Mamasidiqovning penaltidan urgan goli evaziga g‘alaba qozonishdi.

Nazorat uchrashuvi
"Jar" stadioni
"Olimpik" - "Lokomotiv" - 0:1
Gol: Temur Mamasidiqov 70 (pen.)

"Olimpik" uchrashuvni quyidagi tarkibda boshladi: 

Edem Nemanov, Muhammadbobir Mo‘ydinov, Mirkomil Abdurazzoqov, Akbar Abdirasulov, Maqsud A’loxo‘jaev, Sherzod Komilov, Nodir Abdixoliqov, Farruh Muxtorov, Akbar O‘ktamov, Sunnatilla Abdullajonov, Abdulaziz Abdusalomov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Ahmad Anvarov, Ulug‘bek Sharipov, Anvar Alijonov, Rian Islamov, Olloyor Rahmatov, Muhsin Bozorov, Rustam Jahonov, Jaloliddin Sodiqov.

"Olimpik" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!