
Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida medal olgan o‘zbekistonlik sportchilarga qancha miqdorda pul mukofoti berilishi ma’lum qilindi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021 yilda Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasining ishtirokini ta’minlash hamda Olimpiya sport turlarini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.
Mazkur qarorda atletlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, delegatsiyamizning to‘rt yillikning eng muhim startida munosib ishtirok etishini ta’minlash kabi vazifalar hamda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlari uchun ajratilgan mukofot pullari belgilab qo‘yilgan.
Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:
oltin medal uchun – 200 000 AQSh dollari;
kumush medal uchun – 100 000 AQSh dollari;
bronza medal uchun – 50 000 AQSh dollari;
Fikrlar