“Oltin butsa” sohibi kutilmagan shartnomaga ega bo‘ldi

  • 30.08.2020 20:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Latsio” rahbariyati jamoa tarkibida to‘purar bo‘lgan va “Oltin butsa”ni qo‘lga kiritgan Chiro Immobilega kutilmagan shartnoma taklif qildi.

Futbolchining o‘zi intervyularidan birida yana uch-to‘rt yil futbol o‘ynashi mumkinligini ta’kidlagan edi. Klub xo‘jayinlari tajribali hujumchiga olti yillik shartnoma berdi. Agar u bu bitimni qabul qilsa, faoliyatini aynan “Latsio”da yakunlashiga to‘g‘ri keladi.

Yangi shartnoma bo‘yicha rimliklar mohir to‘purarga yiliga 4 million evro atrofida maosh beradi va turli bonuslar ham ko‘zda tutilgan. Immobile bu taklifni qabul qilishga tayyorligi aytilmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!