"Oltin to‘p–2026" taqdimotining to‘liq natijalari
Sovrinlar o‘z egalarini topdi
Londonda (Angliya) nufuzli «Oltin toʻp» mukofotining 70-marosimi boʻlib oʻtdi. Unda 2025/26 yildgi mavsum yakunlari boʻyicha eng yaxshi futbolchilar, murabbiylar va klublar aniqlandi, deb xabar beradi Sports.kz.
Barcha nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar:
Erkaklar «Oltin toʻpi» — Harri Keyn («Bavariya», Angliya).
Ayollar «Oltin toʻpi» — Aleksiya Putelyas («London Siti Layoneses», Ispaniya).
Eng yaxshi yosh futbolchi, «Kopa» sovrini — Lamin Yamal («Barselona», Ispaniya).
Eng yaxshi yosh futbolchi qiz, «Kopa» sovrini — Viki Lopes («Barselona», Ispaniya).
Eng yaxshi darvozabon (erkaklar futboli), «Yashin» sovrini — Unay Simon («Atletik», Ispaniya).
Eng yaxshi darvozabon (ayollar futboli), «Yashin» sovrini — Kata Kol («Barselona», Ispaniya).
Eng yaxshi toʻpurar (erkaklar futboli), Gerd Myuller nomidagi sovrin — Harri Keyn («Bavariya», Angliya).
Eng yaxshi toʻpurar (ayollar futboli), Gerd Myuller nomidagi sovrin — Sharlin Korral («Pachuka», Meksika).
Eng yaxshi murabbiy (erkaklar futboli), Yoxan Kroyf nomidagi sovrin — Luis de la Fuente (Ispaniya terma jamoasi).
Eng yaxshi murabbiy (ayollar futboli), Yoxan Kroyf nomidagi sovrin — Pere Romeu («Barselona», Ispaniya).
Eng yaxshi erkaklar klubi — «PSJ» (Fransiya).
Eng yaxshi ayollar klubi — «Barselona» (Ispaniya).
Xayriya va jamoatchilik faoliyati uchun «Sokrates» mukofoti — Bukayo Saka («Arsenal», Angliya).
Harri Keyn oʻz faoliyatida ilk bor ushbu eng nufuzli individual mukofotni qoʻlga kiritdi. Aleksiya Putelyas esa 2021 va 2022 yillardagi yutuqlariga yana birini qoʻshib, ayollar «Oltin toʻpi»ning uch karra sovrindoriga aylandi.

Izohlar (0)