“Oltin to‘p” ro‘yxatiga kiritilmagan Messiga xushxabar keldi
Lionel Messi 17 yilda ilk bor “Oltin to‘p” da’vogarlari ro‘yxatiga kiritilmadi. Bunga uning PSJda yorqin o‘yin namoyish etolmagani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Shunga qaramay, parijliklar argentinalik yulduzga yoqimli xabar tayyorlab qo‘ygani ma’lum bo‘ldi.
Klub rahbariyati tez orada Lionel Messi bilan yangi shartnoma borasida muzokara boshlaydigan bo‘ldi.
Shuningdek, Marko Verratti va Markinosga ham hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha taklif beriladi.
Messining parijliklar bilan shartnomasi kelasi yoz yakunlanadi. PSJda hamkorlikni bir yilga uzaytirish imkoni bor. Shunga qaramay, ular argentinalik yulduzga yangi shartnoma taklif berishga qaror qilgan.
Fikrlar