
O‘Melli: "Men unga ataylab yutqazgandim"
Eng engil vazn toifasi UFC chempioni Shon O‘Melli Marlon Veraga qarshi o‘tkazgan jangini esladi.
"Mag‘lubiyatdan aslo havotir olmadim. Anchadan beri bunday raqibga duch kelmagandim. Men unga ataylab yutqazdim.
Hammasi Aljameyn Sterlingni nokautga uchratish va keyin Vera bilan revansh o‘tkazish uchun edi. Bu faoliyatimdagi eng yirik jang bo‘ladi", - dedi 28 yoshli chempion.
Eslatib o‘tamiz, O‘Melli va Vera o‘rtasidagi jang 2020 yilning avgustida bo‘lib o‘tgan. Unda Marlon birinchi raunddayoq texnik nokaut bilan g‘alaba qozongandi.
Fikrlar