"Oq-tepa" nazorat uchrashuvida Qozog‘iston klubiga qarshi o‘ynadi
Toshkentning "Oq-tepa" jamoasi o‘zining navbatdagi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.
Yaroslav Krushelniyskiy shogirdlari bu safar Qozog‘iston Premer-ligasi a’zosi "Qayrat"ning o‘rinbosarlariga qarshi o‘ynadi. Qiziqarli kechgan o‘yinda 3:3 hisobida durang natija qayd etildi.
Ma’lumot uchun "Oq-tepa" mavsumning dastlabki bahsini safarda "Sho‘rtan"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar