
Ortis: Uaylder haq edi, unga bir soniya ham etarli
Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida WBC chempioni Deontey Uaylderga qarshi jang borasida Luis Ortis o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bu boks. G‘olib men bo‘lishim mumkin, u bo‘lishi mumkin. Jang uchun bo‘lgan reja faqat ishlash, ishlash va yana ishlash edi.
Jangda rejamni bajardim, ammo u meni qarshi zarbada ushlab oldi.
Uaylder haq edi, unga bir soniya ham etarli. Barchangiz ko‘rdingiz, men jismoniy va ruhiy jihatdan tayyor edim, lekin barchasini birgina zarba hal etdi," - dedi Ortis.
Fikrlar