O‘rtoqlik o‘yini. "Dinamo" "Qizilqum"ni minimal hisobda yengdi
"Dinamo" jamoasi Samarqanddagi yig‘in doirasida dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Jomboy tumanidagi markaziy o‘yinchoqda bo‘lib o‘tgan bahsda Vadim Abramov shogirdlari Navoiyning "Qizilqum" jamoasiga qarshi saf tortishdi. Uchrashuvda Vadim Abramov ham, Akmal Rustamov ham bir qator ko‘rikdagi yosh o‘yinchilarni sinovdan o‘tkazdi. Bahsning 56-daqiqasida Anvarjon Hojimirzaev jarima zarbasidan darvoza to‘sini nishonga olgan bo‘lsa, qaytgan to‘pni Ulug‘bek Hoshimov darvozaga yo‘llab, hisobni ochdi – 1:0.
O‘yin yakunigacha hisob o‘zgarmadi va bahs "Dinamo"ning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Fikrlar