O‘rtoqlik o‘yini. Germaniya Gana ustidan qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi

  • 31.03.2026 02:22
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Terma jamoalar mart oyidagi FIFA kunlari doirasida bir qator oʻrtoqlik oʻyinlarini oʻtkazmoqda.

Jumladan, Germaniya qiyin kechgan bahsda Gana ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Dastlab, birinchi boʻlimga qoʻshib berilgan daqiqalarda Kay Haverts penaltiidan aniq zarba yoʻllab, hisobni ochdi. 70-daqiqada Fatayu hisobni tenglashtirdi. Ammo 88-daqiqada Undav hal qiluvchi golni kiritib, nemislarni yana oldinga olib chiqdi — 2:1.

Shu tariqa, Yulian Nagelsmann shogirdlari mazkur yigʻin doirasida oʻtkazilgan ikki uchrashuvda ham gʻalaba qozondi.

  • World - Xalqaro o'rtoqlik ucharuvlari
  • Friendlies 1
18660.png

Germaniya

  • Deniz Undav 88'
  • Kai Havertz 45'
Tugadi
2 : 1

30.03.2026 23:45

18553.png

Gana

  • Issahaku Fatawu 70'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!