O‘rtoqlik o‘yini. "Qizilqum" Qirg‘iziston klubini yirik hisobda mag‘lub etdi

  • 18.01.2026 20:03
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Qizilqum" Superliganing yangi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bugun qishki o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini poytaxtda davom ettirayotgan jamoa Qirg‘izistonning "OshMU" klubini 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi gollarga Shahzod Rahmatullaev, Islom Kenzhaboev hamda Akmal Muzaffarov mualliflik qildi.

"Qizilqum" asosiy tarkibi: Farhod Rahmatov, Shahzod Rahmatullaev, Islom Kenzhaboev (s), Bobomurod Bozorov, Asror G‘ofurov, Diyor Rahmatillaev, Muhammadaziz Ibrohimov, Georgiy Chabradze, Samandar Shukrullaev, Aleksey Shchebetun, Nikola Kumburovich.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Humoyunshoh Sayyotov, Jahongir Mamatqulov, Fayzullo Jumanqo‘ziev, Ilhomjon Vahobov, Alisher Shukurov, Murodali Usmonov, Shahzod To‘rapov, Ilhom Kenzhaev, Akmal Muzaffarov.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!