O‘rtoqlik uchrashuvi: Shomurodov assist qayd etgan o‘yinda "Istanbul Bashakshexir" minimal hisobda g‘alaba qozondi

  • 17 iyul, 21:10
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha daqiqa oldin "Istanbul Bashakshexir" - "Fortuna Dyusseldorf" klublari o‘rtasidagi o‘rtoqlik bellashuvi o‘z nihoyasiga etdi. 
 
Mazkur to‘qnashuvda hamyurtimizning yangi jamoasi 1:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoamiz sardori hisoblangan Eldor Shomurodov uchrashuvning 70-daqiqasida zaxiradan o‘yinda qo‘shilib, oradan 13 daqiqa o‘tgandan so‘ng golli uzatma muallifi bo‘ldi. Uning uzatmasini esa Omer Faruk Beyaz golga aylantirib, o‘yindagi yagona golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Ma’lumot o‘rnida, vakilimiz bir necha kun oldin Roma klubidan ijara asosida Turkiya klubiga kelib qo‘shildi. Shu bilan birga, boshqa bir hamyurtimiz Abbosbek Fayzullaev ham mazkur klubga o‘tishi kundan-kunga oydinlashmoqda

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
17/07/2025 23:06
Кейинги уйинда гол кутамиз