
O‘runov “jang”ga tayyor!
O‘zbekistonlik legioner Oston O‘runov to‘p surayotgan “Ufa” klubi premer-liga o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etilgan ikki haftalik o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini muvaffaqiyatli yakunladi.
“Ufa” futbolchilari uchun yig‘in Chelyabinsk viloyatining Asha shahrida tashkil etildi. Sportchilari jismoniy va nazariy mashg‘ulotlardan tashqari, uch marta koronavirusga test topshirdi va barcha analizlar manfiy natija berdi.
Oston O‘runov jamoasi 22-turdan so‘ng musobaqa jadvalida to‘qqizinchi o‘rinda qayd etilgan. Ufaliklar pandemiyadan keyingi dastlabki uchrashuvni 21 iyun kuni “Tambov” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar