
Shomurodov maydonga qaytdi. Endi uni to‘xtatib bo‘lmaydi! (foto)
O‘zbek hujumchisi Eldor Shomurodov va “Rostov” futbolchilari maydondagi mashg‘ulotlarni boshladi.
Jamoaviy mashg‘ulotlarda futbolchilar 15 kishidan guruhlarga bo‘linib shug‘ullanmoqda. Eldor Shomurodov jamoasi joriy mavsumda Evropa chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga harakat qilmoqda. Hamyurtimiz esa to‘purarlar bahsida g‘olib chiqmoqchi.
Shuningdek, yozgi transferlar vaqtida Eldor Shomurodovga Evropaning kuchli chempionatlaridan takliflar bo‘lishi kutilmoqda.
“Rostov” qayta tiklanayotgan premer-liga bahslarini 19 iyun kuni safarda “Sochi”ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.
Fikrlar