
O‘runovni sig‘dirmagan "Spartak" Rossiya kubogi bilan xayrlashdi
Rossiya Kubogining 1/8 finalida "Spartak" Moskva derbisida "Dinamo"dan 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi va turnirni tark etdi.
"Dinamo" safidagi dastlabki golni Fomin penaltidan kiritgan bo‘lsa, Tyukavin ikkinchi gol muallifiga aylanadi.
Uchrashuvning 81-daqiqasida "Spartak" 1 kishi kam bo‘lib qoldi. Hakam Viktor Mozesni maydondan chetlatdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuv oldidan "qizil-oqlar" Oston O‘runovni "Ufa"ga ijaraga berganini e’lon qilgan edi.
Fikrlar