Orunovning jarohati jiddiy bo‘lishi mumkin
O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Oston Urunov sog‘ligi bilan bog‘liq muammolar sabab Eronning «Persepolis» klubi safidagi navbatdagi uchrashuvni o‘tkazib yubordi.
Varzesh3 nashrining yozishicha, futbolchi «Mes Shahribobak» bilan bahsda birinchi bo‘limdan so‘ng mushaklaridagi og‘riq tufayli almashtirilgan. Murabbiylar shtabi uning jarohati og‘irlashmasligi uchun tavakkal qilmagan.
Shundan keyin Urunov uch kun davomida mashg‘ulotlarda qatnashmadi va «Fulad»ga qarshi o‘yinda ham jamoasiga yordam bera olmadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi so‘nggi ikki yarim mavsumda yetti marta jarohat bilan bog‘liq muammoga duch kelgan.
Hozircha uning tiklanish muddati aniq emas. Urunov noyabrdagi xalqaro tanaffusgacha «Persepolis»ning qolgan ikki uchrashuvida maydonga tusha olishi ham noma’lum.

Izohlar (0)