
O‘runovning o‘rnida kimni ko‘ramiz? O‘zbekiston terma jamoasining BAAga qarshi taxminiy tarkibi
Bugun O‘zbekiston terma jamoasi "JCh-2026" saralashi doirasidagi navbatdagi uchrashuvini o‘tkazadi. Unda vakillarimizga Birlashgan Arab Amirliklari raqib bo‘ladi.
"Oq bo‘rilar" bahsda ko‘k rangli libosda harakat qilsa, raqiblar oq liboslarda o‘ynaydi. Bellashuv 19:00da "Bunyodkor" stadionida start oladi. Bellashuv uchun termamizning taxminiy tarkibi bilan tanishing.
Darvozabon: O‘tkir Yusupov;
Himoyachilar: Hojiakbar Alijonov, Husniddin Aliqulov, Abduqodir Husanov, Umarbek Eshmurodov, Sherzod Nasrullaev;
Yarim himoyachilar: Otabek Shukurov, Odiljon Hamrobekov;
Hujumchilar: Jaloliddin Masharipov, Eldor Shomurodov, Hojimat Erkinov.
Fikrlar