Osiyo chempionati. Dastlabki kunda dzyudochilarimiz 3 ta medalga ega chiqdi
Ordos shahrida Osiyo chempionatining birinchi kungi g‘olib va sovrindorlari ma’lum bo‘ldi
Xitoyning Ordos shahrida boshlangan dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining birinchi kungi g‘olib va sovrindorlari ma’lum bo‘ldi.
Bugun 5 dzyudochimiz bahslarga kirishgan bo‘lsa, ulardan 3 nafari yakunda shohsupaga ko‘tarildi. Finalga yetib kelgan Laziza Haydarova (-48 kg) va Sita Kadambaeva (-52 kg) kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Samariddin Qo‘chqorov (-60 kg) esa uchinchi o‘rin uchun kechgan bellashuvda qozog‘istonlik Sherzod Davlatovni mag‘lubiyatga uchratib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston terma jamoasi birinchi kungi bellashuvlardan so‘ng 2 ta kumush, 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.
Kumush medal:
-48 kg: Laziza Haydarova
-52 kg: Sita Kadambaeva
Bronza medal:
-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov
Bu haqida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Izohlar (0)