Osiyo chempionati. Navbatdagi kunda 2 tadan oltin va kumush medallariga ega chiqdik!

BEPUL PROPAN

Qirg‘izistonning Bishkek shahrida o‘tkazilayotgan sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar (U 17) va yoshlar (U 23) o‘rtasidagi Osiyo chempionatining navbatdagi kungi bahslari o‘z yakuniga etdi.

Bugun yunon-rum kurashi bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasidagi bahslarning birinchi kuni bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, ushbu kun doirasida ishtirok etgan 4 nafar kurashchimizning bari medallarga ega chiqdi.

Shermuhammad Sharibjonov (-60 kg) va Abror Ataboev (-66 kg) barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medallarga sazovor bo‘lishdi. Afsuski, Jahongir Hamroev (-72 kg) hamda Dilshod Omongeldiev (-77 kg) hal qiluvchi bellashuvda imkoniyatni boy berib qo‘ydilar va kumush medal bilan musobaqani yakunlashdi.

Shu tariqa yunon-rum kurashchilarimiz birinchi kungi bellashuvlarni 2 ta oltin va 2 ta kumush medali bilan tugatishdi. Ertaga qolgan vazn toifalarida medallar uchun bellashuvlar davom ettiriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!