
Osiyo chempionatidagi ishtirok uchun AGMK jamoasi 200 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi (Foto)
O‘zbekiston chempionatining 7-tur 6-kuni doirasidagi AGMK - "Bunyodkor" uchrashuvidan oldin olmaliqliklar rahbariyati Aleksandr Petrov boshchiligidagi futzal jamoasining qit’a chempionatidagi tarixiy natijasi uchun sovg‘alar bilan taqdirladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Klub tarixida yangi sahifa ochib, Osiyo chempionatida to‘rtinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa a’zolarining har biriga rahbariyat tomonidan planshet hamda umumiy jamg‘armasi 200 million bo‘lgan pul mukofoti taqdim etildi. Sovg‘alarni klub bosh direktori Muxtor Qurbonov topshirdi.
Taqdirlash marosimi avvalida so‘zga chiqqan AGMK PFK bosh direktori Muxtor Qurbonov jamoa namoyish etgan o‘yin va natijadan ko‘ngil to‘lgani va mazkur musobaqa yosh futzalchilarga katta maktab bo‘lganini ta’kidlab, kelgusida musobaqaning yanada oliy o‘rinlari uchun kurashish kerakligini qo‘shimcha qildi.
Fikrlar