Osiyo kubogi. O‘zbekiston joylashgan "V" guruhi haqida qisqacha ma’lumot!

  • 6 yanvar, 2024, 17:36
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, 12 yanvardan Qatarda Osiyo kubogi start oladi. OFK shu kunlarda chempionatda qatnashadigan terma jamoalarining tarkiblarini e’lon qilmoqda. Ular orasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham o‘rin olgan. Termamiz "V" guruhida Avstraliya, Suriya va Hindiston bilan kurashadi. Ushbu guruhdagi termalar haqida qisqacha ma’lumotlar bilan tanishing.

O‘zbekiston

Bosh murabbiy — Srechko Katanets
Eng yaxshi to‘purar — Eldor Shomurodov (38)
Eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi — Server Jeparov (127)

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1996 yildan buyon muntazam ravishda Osiyo kubogida ishtirok etib kelmoqda. Milliy jamoamiz 2011 yilgi turnirda yarim finalga qadar etib borgan.

Avstraliya

Bosh murabbiy — Grem Arnold
Eng yaxshi to‘purar — Tim Keyxil (50)
Eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi — Mark Shvartser (109)

Avstraliya terma jamoasi 2007 yildan buyon muntazam ravishda Osiyo kubogida ishtirok etib kelmoqda. Jamoaning eng yaxshi natijasi ushbu mamlakat mezbonligida o‘tgan 2015 yilgi turnir chempionligi hisoblanadi.

Suriya

Bosh murabbiy — Ektor Kuper
Eng yaxshi to‘purar — Firas Al-Xatib (36)
Eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi — Mohir Al-Sayid (109)

Suriya terma jamoasi Osiyo kubogida olti marta ishtirok etgan va ularning barchasida guruh bosqichida o‘z ishtirokini yakunlagan.

Hindiston

Bosh murabbiy — Igor Shtimak
Eng yaxshi to‘purar — Sunil Chetri (93)
Eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi — Sunil Chetri (145)

Hindiston terma jamoasi Osiyo kubogida besh marta ishtirok etgan. Jamoa 1964 yilgi turnirda finalga qadar etib borgan

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!