Osiyo kubogi. O‘zbekiston U-20 ayollar terma jamoasi 3-turda Ironadiya ustidan yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi va chorak finalga yo‘l oldi

  • 08.04.2026 20:20
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

Bugun O‘zbekiston ayollar U-20 terma jamoasi Osiyo kubogining guruh bosqichi doirasida 3-turda Iordaniyaga qarshi maydonga tushdi. Bu bellashuvda o‘smir qizlarimiz yirik 4:0 hisobida zafar quchdi. Hamyurtlarimiz safida Oydinoy Turg‘unova dublni rasmiylashtirgan bo‘lsa, Shahnosa Dekanbaeva va Etibor Shodieva o‘z nomiga bitta­dan gol yozdirib qo‘ydi. 

Ma’lumot uchun, bu g‘alabadan so‘ng terma jamoamiz chorak final bosqichida yo‘l oldi. Bu bosqichda ular Xitoy U-20 ayollar terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!