
Osiyo kubogi. Tojikiston ustunligi ostida kechgan bahsda qo‘shnilarimiz Xitoy bilan durangga imzo chekdi
Osiyo kubogi "A" guruhining ilk o‘yinida Xitoy va Tojikiston terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi va unda tomonlar 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
Bellashuv qo‘shnilarimiz ustunligi ostida kechdi. Ular butun o‘yin davomida 20 ta zarba yo‘lladi, to‘p nazorati ham tojikistonliklar foydasiga - 52:48.
Shu tariqa, ikki jamoa ham ilk turda 1 ochkodan bo‘lishib oldi.
Fikrlar