Osiyo kubogining gurux bosqichida O‘zbekiston terma jamoasining ehtimoliy raqiblari kim? Qur’ada qaysi savatchalardan o‘rin olamiz?!

  • 1 aprel, 2023, 15:29
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Shu yilning 11 may kuni milliy terma jamoalari o‘rtasidagi Osiyo kubogi final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Qur’adan avval jamoalarni savatchalarga ajratishda FIFAning 6 aprel kuni e’lon qilinadigan reytingi asos qilib olinadi.

Tecno

Fqshft 2033

Reyting rasman hali e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev Osiyo kubogida ishtirok etadigan terma jamoalarning reytingi va savatchalar tarkibini o‘z telegram kanalida e’lon qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi Osiyoning 10-jamoasi sifatida 2-savatchadan o‘rin oldi (bir savatchadan 6 tadan jamoa bo‘ladi). Bu savatda Iroq, BAA, Ummon, Xitoy va Iordaniya ham o‘rin olgan. Biz bu jamoalar bilan bir guruhdan o‘rin olmaymiz.

1-savatdan esa JCh-2022da ishtirok etgan 5ta terma jamoa va mezbon Qatar joy olgan. Umumiy ko‘rinish taxminan shunday bo‘lishi kutilmoqda:

1-SAVATChA

Qatar — 1389 (mezbon)

Yaponiya — 1588

Eron — 1553

Janubiy Koreya — 1535

Avstraliya — 1528

Saudiya Arabistoni — 1427

2-SAVATChA

Iroq — 1353

BAA — 1338

Ummon — 1334

O‘zbekiston — 1314

Xitoy — 1304

Iordaniya — 1293

3-SAVATChA

Bahrayn — 1287

Suriya — 1243

Falastin — 1234

Vetnam — 1230

Qirg‘iziston — 1228

Livan — 1203

4-SAVATChA

Hindiston — 1201

Tojikiston — 1181

Tailand — 1175

Malayziya — 1082

Gonkong — 1057

Indoneziya — 1041

FIFAning navbatdagi reyting jadvali 6 aprel kuni e’lon qilinadi. Ammo mart oyidagi o‘rtoqlik va rasmiy uchrashuvlar o‘tkazib bo‘lingani uchun hozirdanoq yangi reyting borasida xulosa qilish mumkin.

udvщk2

O‘zbekiston terma jamoasi KONMEBOLning ikki jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib, Boliviyani mag‘lub etgan bo‘lsa, Venesuela bilan durang o‘ynadi. Natijada hisobimizga 5,72 ball qo‘shildi va ochkolarimiz 1318,36 ga etdi.

Buning oqibatida terma jamoamiz 3 pog‘ona yuqoriga ko‘tarilib, 77-o‘rindan 74-pog‘onaga chiqib oldi. Ushbu sakrash tufayli Salvador, Bolgariya va Isroilni quvib o‘tdik.

Qit’a miqyosida esa Yaponiya (20-o‘rin), Eron (24), Janubiy Koreya (27), Avstraliya (34), Saudiya Arabistoni (54), Qatar (61), Iroq (67), BAA (72) va Ummon (73)dan so‘ng 10-qatorda bo‘lamiz Shuning uchun Osiyo kubogi-2023 uchun tashlanadigan qur’ada 2-savatchada bo‘lamiz.

Sizningcha, terma jamoamiz uchun eng ideal gurux qanday ko‘rinishda bo‘lishi lozim? Fikringizni, izohlarda yozib qoldiring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Музаффар Ниязов
03/04/2023 10:38
Австралия
Узбекистан
Бахрайн
Тайланд
Samandar Isayev
01/04/2023 20:17
Guruhimizning birinchi jamoasi koreya yoki Qatar bo'lsa qolganini eplaymiz
&
Махмуд1966
01/04/2023 20:23
Биринчи саватчадан саудияни танлаган булардим
davlat ochilov
01/04/2023 22:39
Ok