Asosiy mazmunga oʻtish

Osiyo oʻyinlaridagi asosiy raqibimiz musobaqa yulduzli tarkib tuzdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Medallar uchun kurash avjiga chiqadi

Qozog‘iston terma jamoasining boks bo‘yicha XX yozgi "Osiyo o‘yinlari-2026"da ishtirok etadigan tarkibi ma’lum bo‘ldi. Musobaqalar Yaponiyada o‘tkaziladi, deya xabar bermoqda Sports.kz.

Boks bo‘yicha bellashuvlar 21 sentabr kuni start oladi. Shuningcha, qozog‘istonlik bokschilar musobaqa oldidan qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etishadi.

Erkaklar:
-55 kg — Mahmud Sabirxan;
-60 kg — Orazbek Asilqulov;
-70 kg — Torexan Sabirxan;
-80 kg — Sabirjan Akkalikov;
-90 kg — Nurbek Oralbay;
+90 kg — Aybek Oralbay.

Ayollar:
-51 kg — Alua Balkibekova;
-54 kg — Nazim Qizaybay;
-60 kg — Viktoriya Grafeeva;
-65 kg — Aida Abikeeva;
-75 kg — Natalya Bogdanova.

Ma’lumot uchun, "Osiyo o‘yinlari-2026" musobaqalari 19 sentabrdan 4 oktabrgacha Yaponiyaning Aiti – Nagoya mintaqasida bo‘lib o‘tadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q