
Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Mo‘g‘uliston darvozasiga javobsiz 6 ta to‘p kiritdi
Osiyo o‘yinlari doirasidagi ayollar futboli bo‘yicha Mo‘g‘uliston - O‘zbekiston bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda hamyurtlarimiz yirik 6:0 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvda gollarga Aziza Norboeva, Shohida Tojiddinova, Maftuna Shoyimova, Diyora Habibullaeva (dubl) va Nilufar Qudratova mualliflik qildi. Mo‘g‘uliston terma jamoasi bu o‘yinda maydonni golsiz tark etdi.
Ma’lumot o‘rnida, terma jamoamiz navbatdagi bahsni 28 sentyabr kuni o‘tkazadi. Unda vakilalarimizga mezbon Xitoy termasi raqiblik qiladi.
Fikrlar