Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston U23 terma jamoasi chempionlik uchun asosiy da’vogarmi? Musobaqa va jamoamiz holati haqida batafil ma’lumotlar bilan tanishing!
Xitoyning Xanchjou shahrida 19 sentyabr kuni Osiyo O‘yinlarining futbol musobaqasi guruh bosqichiga start berildi. «C» guruhidan o‘rin O‘zbekiston erkaklar U23 jamoasi birorta ham o‘yin o‘tkazmasdan turnirning pley-off bosqichiga chiqib bo‘lgan.
Gap shundaki, bizning guruhdan o‘rin olgan Suriya va Afg‘oniston terma jamoalari Osiyo O‘yinlariga kelmaslikka qaror qilishdi. Natijada bu guruhda bor-yo‘g‘i ikki jamoa — O‘zbekiston va Gonkong qoldi. Pley-off bosqichiga esa:
1) guruhda dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar hamda;
2) guruhlarda 3-o‘rinni band etganlar orasida eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan 4 ta terma jamoa chiqishi belgilab qo‘yilgan.
Ko‘rib turganingizdek, «C» guruhidan O‘zbekiston va Gonkong keyingi bosqichiga chiqishi aniq bo‘ldi. Ular 22 va 25 sentyabr kunlari o‘zaro ikkita o‘yin o‘tkazib, guruh g‘olibi nomini aniqlab olishadi. Bu guruhdan keyingi bosqichga chiqadigan 2-toifa jamoa bo‘lmaydi. Ushbu guruhlarda kimlar bor degan savolga quyidagi suratda javob olishingiz mumkin.
Temur Kapadze jamoasi «C» guruhida 1-o‘rinni egallasa, nimchorak finalda «E» yoki «F» guruhida 3-o‘rinni egallagan jamoa bilan to‘qnash keladi. Chorak finalda esa bizni «A» va «B» guruhlarida 2-o‘rinni egallagan jamoalardan biri kutib turadi.
Umuman olganda, O‘zbekiston U23 terma jamoasi uchun turnir setkasi juda yaxshi ko‘rinishga ega. Jiddiy harakat qilinsa, finalgacha etib borsa bo‘ladi.
Musobaqa tarixiga nazar tashlar ekanmiz, natijalarimiz kishi ko‘zini quvontiradi deb bo‘lmaydi. 1994 yildagi chempionlikni inobatga olmasa, aytarli natijaga erishish nasib etmagan. Ko‘p xollarda aralash tarkib bilan turnirga tashrif buyurganimiz pand bergan bo‘lsa, ba’zan murabbiylarning musobaqaga yondashuvi masalasida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan.
Bu safargi musobaqada jamoamiz oldiga chempionlik maqsad qilib qo‘yilgan. Yangi tarix yaratish uchun hozir Olimpiya terma jamoamizda barcha imkoniyat mavjud. Shakllangan jamoa, yaxshi saviyadagi murabbiy va ikkita teng kuchli tarkib.
Yoshlarimiz 22 va 25 avgust kunlari ikki marotaba o‘yin o‘tkazgach, to‘g‘ridan-to‘g‘ri keyingi pley-off yo‘llanmasiga ega chiqadi. Agar birinchi o‘rinni olsak, «E» (Janubiy Koreya, Bahrayn, Tayland, Quvayt ) yoki «F» (KXDR, Indoneziya, Qirg‘iziston, Xitoy Taypei) guruhidagi uchinchi o‘rin egasidan biri bilan to‘qnash keladi.
Bosh murabbiy musobaqaga quyidagi tarkib bilan tashrif buyurgan:
Abduqodir Husanov va Abbosbek Fayzullaevlar klublari ruxsat bermagani uchun turnirni o‘tkazib yuboradi. Qo‘shimchasiga, 3 ta katta futbolchi qo‘shib olish limitidan Timur Kapadze foydalangani yo‘q. Mutaxassis, «Olimpik»ning asosi va legionerlarga suyangan xolda jamoaviy o‘yin namoyish etishni oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Qit’amizdagi ko‘plab nashrlar O‘zbekiston U23 terma jamoasini musobaqa favoritlaridan biri sifatida qayd etgan.
Sizningcha, bu musobaqada qanday natija qayd etamiz? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring!
Fikrlar