Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston dzyudo terma jamoasi bilan tanishing!
Avval xabar berganimizdek, Xitoy mezbonligida o‘tadigan “Xanchjou-2022” Osiyo o‘yinlari kun sayin yaqinlashmoqda. Bevosita bellashuvlarda terma jamoamizning eng nomdor sportchilari ham ishtirok etishadi. O‘n to‘qqizinchi bor tashkil etilayotgan mazkur nufuzli musobaqada vakillarimiz quyidagi tarkibda mamlakatimiz sharafini himoya qilishadi.
Erkaklar:
-60 kg: Dilshod Baratov
-66 kg: Sardor Nurillaev
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev
-81 kg: Muso Sobirov
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Muzaffarbek To‘raboev
+100 kg: Alisher Yusupov
Ayollar:
-48 kg: Halima Kurbanova
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-57 kg: Shukurjon Aminova
-63 kg: Sevinch Isoqova
-70 kg: Gulnoza Matniyozova
-78 Kg: Irisxon Qurbonboeva
+78 kg: Rinata Ilmatova
Ma’lumot uchun, musobaqaning dzyudo bo‘yicha bahslari 24-27 – sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati!
,
Fikrlar