Asosiy mazmunga oʻtish

Osiyoda birinchi! “Paxtakor” jahon reytingida 44 pog‘ona ko‘tarildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

"Sherlar" Londonning "Arsenal"idan o‘zib ketdi

Toshkentning «Paxtakor» jamoasi Elit Liga Chempionlar OFK umumiy bosqichi ikkinchi turida o‘z maydonida Saudiya Arabistonining «Al-Qadisiya» klubini qabul qildi. Uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi, deb xabar bermoqda Sports.kz.

Hisob birinchi bo‘lim o‘rtalarida ochildi. 35-daqiqada mehmonlar safida Tidjani Reynders aniq zarba yo‘llab, «Al-Qadisiya»ni oldinga olib chiqdi. Saudiya klubi deyarli butun o‘yin davomida ustunlikni saqlab turdi.

Biroq bellashuv so‘nggi daqiqalarida vaziyat o‘zgardi. 89-daqiqada «Paxtakor» penalti ishlab oldi va Dostonbek Hamdamov 11 metrlik jarima zarbasini ishonchli amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa, mezbonlar mag‘lubiyatdan qutulib qoldishdi.

Shu natijaga ko‘ra, «Paxtakor» Saudiya Arabistoni klubiga qarshi ikkinchi bor ketma-ket durang qayd etdi. Umumiy bosqichning ilk turida ham toshkentliklar «Al-Ahli»ga qarshi 1:1 hisobida maydonni tark etgan edi.

Ikkita o‘yindan so‘ng «Paxtakor» hisobida ikki ochko mavjud. Jamoa umumiy bosqichda G‘arbiy mintaqada ishtirok etayotgan 16 klub orasida jadvalning yettinchi pog‘onasini egalab turibdi.

O‘zbekiston klubining navbatdagi uchrashuvi 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. «Paxtakor» Liga Chempionlar doirasida Iroqning «Al-Kuva Al-Javiya» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv Qozog‘iston vaqti bilan soat 23:15 da boshlanishi belgilangan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q