Oston O‘runovga xaridor bo‘lgan klub: Biz O‘runovga o‘xshagan funktsional imkoniyatga ega futbolchini xohlagandik
Match TV saytida "Rubin" klubi sport direktori Oleg Yarovinskiyning katta intervyusi chop etildi. Unda Oleg Yarovinskiy "Rubin" yaqindagina "Spartak" a’zosiga aylangan Oston O‘runovga qiziqqani borasida ham to‘xtaldi.
- Ha, biz O‘runovga o‘xshagan funktsional imkoniyatga ega futbolchini xohlagandik. Ostonni qaerda o‘ynatish mumkinligi bo‘yicha aniq rejamiz bor edi. In Bomni o‘z safimizga qo‘shib olganimizdan afsusda emasmiz, lekin biz, dastlab maydon markazida tezkor qo‘shila oladigan va O‘runov kabi qiziqarli salohiyatga ega futbolchini istagandik. U ajoyib futbolchi. "Spartak" oldindami? Hammasi ko‘rib chiqildi, hatto oldinga borishga hojat yo‘q edi. Umuman olganda, bu "Spartak" uchun juda yaxshi transfer ekanligiga aminman, - dedi Oleg Yarovinskiy.
.jpg?1600079347871)
Fikrlar