
Ot yo‘rttirish bo‘yicha «FEI Dressage World Challenge 2022» turniri o‘tkazildi
Toshkent shahridagi “Universal Jumping Agro” ot sporti klubida ot yo‘rttirish bo‘yicha “FEI Dressage World Challenge 2022” turniri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Musobaqa ot sportining ushbu yo‘nalishini rivojlantirish yo‘lidagi muhim tadbirlardan biri bo‘ldi, deyish mumkin. Qayd etish joiz, bahslarni baholab borish uchun Bolgariyadan xalqaro toifadagi hakamning tashrif buyurgani mahalliy mutaxassislarning malakasini oshirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi. Musobaqa 5 yo‘nalishda o‘tkazildi. Uning g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing:
Youth:
1. Go‘zal Kamalova («Sanlit Hellas»)
2. Kseniya Raxmatullaeva («Ashton Valley»)
3. Kseniya Raxmatullaeva («Contender-G»)
Senior 1:
1. Alyona Bayaxmedova («Verden»)
2. Inna Tokmakova («Galateia»)
3. Evdokiya Kemalova («Eltino-G»)
Senior 2:
1. Feliks Nuritdinov («Verden»)
2. Feruza Abdullaeva («Lotos»)
3. Alyona Bayaxmedova («Verden»)
Prix St-Georges:
1. Feruza Abdullaeva («Lotos»)
2. Elena Chistyakova («Bitcoin»)
3. Feliks Nuritdinov («Verden»)
Fikrlar