Otabek Narzullaev: "Imkoniyatlardan foydalanganimizda 5:0 yoki 6:0 hisobida yutgan bo‘lardik"

  • 22.11.2025 08:37
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston Superligasining 29-turidan o‘rin olgan “Mash’al” – “Navbahor” (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Otabek Narzullaev ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi. 

Muborakliklar ustozi odatdagidek, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi. 

- Bugun biz uchun qiyin kun bo‘ldi. Shuncha vaziyat yaratib, birorta ham gol ura olmadik. Agar imkoniyatlardan foydalanganimizda, 5:0 yoki 6:0 hisobida yutgan bo‘lardik. Nimayam derdim, ishlashda davom etamiz. Keyingi bahslarda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. 

- Bugun “Mash’al” zaxira o‘rindig‘idan U-21 jamoasining uch nafar futbolchisi joy olib, qaydnomaga kiritildi... 

- Yoshlarga ham imkon berish kerak, ular shu orqali o‘sib borishadi. Uchrashuvning 2-bo‘limida maydonga tushgan yoshlar o‘yinga tezlik olib kira olishdi. Faqat vaziyatlardan foydalana olmaganimiz chatoq bo‘ldi. 

- Jamoangiz gol ura olmagani nima bilan bog‘liq? Omadsizlik tufaylimi yoki charchoq alomatimi? 

- “Navbahor” biz bilan qarshi hujumga tayanib o‘ynadi. Agar jamoamizda jismoniy toliqish bo‘lganida, bunday bo‘lmasdi. Bugun ikkinchi bo‘limni ko‘ring, faqat biz hujum qildik. Gol ura olmaganimiz sovuqqonlik etishmagani bilan bog‘liq. 

- Kelasi mavsumga rejalaringiz? 

- Bu borada hali o‘ylaganimiz yo‘q. Chunki hali mavsum tugamadi. Oldin mavsumni tugatib olaylik, keyin buni rahbariyat hal qiladi. 
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!