
Otabek Shukurov gol urgan o‘yinda jamoasi g‘alaba qozondi
Birlashgan Arab Amirliklari Pro ligasi 10-turidan o‘rin olgan "Xaur-Fakkan" - "Sharja" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda hamyurtimiz Otabek Shukurov to‘p tepayotgan "Sharja" jamoasi 3:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Ushbu uchrashuvda legionerimiz Otabek Shukurov jamaosining uchinchi goliga mualliflik qildi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng "Sharja" ochkolari sonini 16 taga etkazib olgan holda, turnir jadvalida 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 15 ochkosi bor "Xaur-Fakkan" esa 7-pog‘onada joylashgan.
Fikrlar