
O‘tkir Yusupov: "Mening o‘rnimda sizning ota-onangizni haqorat qilishsa, nima qilgan bo‘lardingiz?"
Superliga 7-tur uchrashuvlari doirasidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – “Navbahor” uchrashuvi yakuniga etganidan so‘ng “Navbahor lochinlari” futbol klubi o‘yinchilari – O‘tkir Yusupov hamda Abror Ismoilov raqib jamoa muxlislariga qarata nomaqbul xatti-harakatlarni amalga oshirgan.
Liga komissarining bildigisi asosida ularning ishi O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasiga oshiriladi.
O‘zbekiston Professional futbol ligasi barcha futbolchilar, murabbiylar, shuningdek jamoalar rasmiylarini professional bo‘lishga chaqiradi. Liga bayrog‘i ostida o‘tkaziladigan uchrashuvlar davomida etika hamda o‘zini tutish qoidalaridan chetga chiqqan har qanday rasmiy shaxs tegishli tartibda jazolanadi.
Nega O‘tkir Yusupov o‘yindan so‘ng, jizzaxlik ishqibozlarning asabiga tegdi? Vaziyat aslida qanday bo‘lgan edi? Sports.uz portali barchasini aniqlashtirish maqsadida, "lochinlar" posboni bilan bog‘landi.
O‘zi barchasi chigalyozdi mashg‘ulotlarida boshlandi. "BallBoy"lar boshlab berdi. Hisobda oldinga chiqib olganimimzdan so‘ng, ishqibozlar bizni vaqt cho‘zishda ayblay boshladi. Avvaliga o‘zimni, keyin ota-onamni ham haqorat qilishni boshlashdi. Shu o‘rinda, "Sug‘diyona"ni o‘sha kungi stadiondagi muxlislariga bir narsa aytmoqchi edim. Barchamiz ham odammiz. Sizlarni ham ota-onangiz bor. Mening o‘rnimda sizning ota-onangizni haqorat qilishsa siz nima qilgan bo‘lar edingiz? Yutqazishni ham bilish kerak. Agar ayb menda bo‘lganida, uzr so‘ragan bo‘lar edim.
Ota-onamni haqorat qilgan insonlardan uzr so‘ramoqchi emasman! Meni vaqt cho‘zganlikda ayblashdi, ammo "Sug‘diyona"ning bir tur avval "Andijon"dagi o‘yiniga nega bunday reaktsiya bildirishmadi? Nega, Tartib-intizom qo‘mitasi o‘sha o‘yinni ko‘rib chiqqani yo‘q? Mitrovich Andijonda ilk daqiqalarda vaqtni cho‘zishni boshladi. Hakamlar ilk daqiqalardanoq vaqt cho‘zmaslik kerak ekanligini uqtiradi. "Navbahor"ning har bir harakati doim nazoratda, ammo bu o‘lchov barchaga birdek emas! Men, futbol ishqibozlarini barchasini hurmat qilaman. Ularga hech qanday adovatim yo‘q. O‘yindan keyin, noma’qul harakat qilganlikda ayblandim. Vaholanki, men qo‘l bilan hech qanday uyatsiz ishora qilmadim. Tribunadagi muxlislarga agressiya ham namoyish etmadim. G‘alabani nishonlab, ularning haqoratiga reaktsiya bildirdim xolos", - dedi Yusupov.
Aynan shu masala bo‘yicha, Jizzax klubi vakili bilan bo‘lgan suhbatdan parcha:
"O‘tkir, ishqibozlarga qarata nomaqul qiliq qildi, ammo hech kimni haqorat qilgani yo‘q. Ha, ishqibozlar qizishib ketishdi, ammo futbolchi doim emotsiyalarini jilovlay olishi lozim. Muxlis, stadionda o‘z jamoasi g‘alabasi uchun barcha narsaga tayyor bo‘lishi tabiiy. Ular bilan teng bo‘lishga xojat yo‘q. Professional futbolchi bunday qilmasligi kerak. Mayli, bo‘lar ish bo‘ldi."
Superliga o‘sgani sari, bosim va undagi intrigalar ortib borishi tabiiy. Buni normal qabul qilishni o‘rganish lozim. O‘sha kuni, O‘tkir jamoasi g‘alaba qozonish uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qilgan bo‘lsa, Jizzaxlik muxlislar ham jamoasiga yordan berish uchun tribunadan turib raqibga ta’sir ko‘rsatishga urindi. Agar, barchamiz professional bo‘lishga harakat qilmasak, bunday muammolar ko‘zga tashlanaveradi.
Fikrlar