"O‘yinda ko‘proq gollar bo‘ladi, deb o‘ylayman. Chunki ikkala jamoa ham ochiq futbol ko‘rsatadi" - Mutaxassis "Paxtakor" - "Nasaf" bahsi oldidan yana qanday fikr bildirdi?

  • 2 noyabr, 2023, 14:19
  • 5
  • Futbol

3 noyabr oqshomida yil o‘yini deya ta’riflanayotgan “Paxtakor” hamda “Nasaf” o‘rtasidagi o‘ta jiddiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Chempionat tugashiga uch tur qolganida “Paxtakor”da 49, “Nasaf”da 45 ochko bor. “Sherlar” peshqadam sifatida chempionlikka yaqin turibdi.

Markaziy uchrashuv ikkala jamoa uchun katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun barcha ushbu o‘yinni kutmoqda. Muxlislarga yaxshi tanish mutaxassis Anvar G‘ofurov esa “Paxtakor” – “Nasaf” uchrashuv oldidan jamoalarning imkoniyati borasida munosabat bildirdi.

"Avvalambor, ikkalasi ham kuchli jamoalar va har ikkisi futbol o‘ynashni biladi. Natija qilishni biladigan ikkita ajoyib klublar bir-biriga qarshi o‘ynaydilar. Kim uchrashuvga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsa, hammani nazarda tutyapman – bu murabbiylar, futbolchilar...Maydonda futbolchilar o‘ynaydi. Ularga ko‘p narsa bog‘liq. Albatta, omad ham o‘z so‘zini aytadi, deb o‘ylayman. Ikkala jamoa ham imkoniyat yaratishni biladilar. Kim unumli foydalanadi, bu yog‘iga omad kulib boqqanga nasib qiladi. Tabiiyki, qiziqarli uchrashuv bo‘ladi. Ikkala jamoa ham birinchi raqam bilan o‘ynashni yaxshi ko‘rishadi. Buni ular har doim o‘z o‘yinlari bilan isbotlashgan. Bu ochiq futbolni ko‘rishni istaydigan muxlislar uchun ajoyib o‘yin bo‘ladi, deb o‘ylayman. “Paxtakor” ham”, “Nasaf” ham oldida nima turganini va bu qanaqa o‘yinligini yaxshi bilib turibdilar. Kuchli jamoa g‘alaba qozonadi.

pax nas1

“Paxtakor” mavsum davomida o‘z o‘yinlari bilan 1-o‘ringa munosibligini ko‘rsatishga harakat qilib kelmoqda. Uning raqiblari ham “Paxtakor”ga qarshi bor kuchi bilan o‘ynayapti. Hozir oson raqibning o‘zi yo‘q. Barcha uchrashuvlar juda shiddatli. “Paxtakor” ham hozirda qiyinchilik bilan ochkolarini qo‘lga kirityapti. Engil bellashuvlar bo‘lmayapti, buni aniq ayta olaman.

Ochig‘ini aytganda, “Paxtakor” yaxshi taassurot qoldirayotgandi. Ammo oxirgi paytlarda “Nasaf” yaxshi sport formasiga kirib oldi va o‘yini ham shunga yarasha bo‘lyapti. Hozirgi paytda bu klub jamoaviy tarafdan ham yaxshiroq o‘yin ko‘rsatyapti. Lekin bu “Paxtakor”ga qarshi bahs oldidan hech nimani anglatmaydi. Bitta uchrashuvda ko‘p narsa bo‘lishi mumkin. “Paxtakor”da ham etarlicha ijrochilar bor. O‘yinda hamma narsa bo‘lishi mumkin. “Nasaf”ga qarshi chempionlik masalasi katta foizda hal bo‘lishi ehtimol. Ikkala klub ham vaziyatni yaxshi bilib turishibdi va tayyorgarliklari ham shunga yarasha deb o‘ylayman.

pax nas

Nazarimda, ushbu to‘qnashuvda ko‘proq gollar bo‘ladi, deb o‘ylayman. Chunki ikkala jamoa ham ochiq futbol ko‘rsatishga harakat qiladilar, menimcha. Bilmadim, balki kimdir syurpriz ko‘rsatib, to‘pni ataylab raqibga berib ikkinchi raqam ostida o‘ynashi ham mumkin. OChLda ikkala klubda bunaqa uslubni ko‘rganmiz. Baribir ikkisi ham futbol o‘ynashni biladi. “Nasaf”ni o‘tgan yili 5 ta himoyachi bilan o‘ynagan vaqtlari bo‘lgan. Shu bois balki ular ikkinchi raqam ostida harakat qilishi ham mumkin", - deydi G‘ofurov.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Олға насаф
02/11/2023 21:21
Насаф ҳар доим ўз ўйинини кўрсатган, ўзини кучига ишонган. Менимча бутун Ўзбекистон (оз сонли Пахтакор мухлсларидан ташқари) Насафга мухлислик қилса керак. Чуни Насаф ҳар доим ҳалол йўлдан борган. Насафга омад тилаймиз ҳамда ушбу ўйинга барчани Насафни қўллашга чақирамиз.
&
Камбарали дехконов
03/11/2023 14:28
Агар Насаф ютказиб куйса яна хакамга ва федрасиядагиларга тухмат тошлари отилади
&
ал хилол
03/11/2023 13:46


..Илтимос ,Пахтакор, ютсин.,ё бошкача буладими.
Шоим Зарипов
03/11/2023 09:42
Авваламбор шерлар эмас мушуклар кейин пахтакор эмас пахтаой хакам опалари сай харакати билан биринчи уринда юрган жамоа Насаф бу халк жамоаси хакикий Аждарлар агар юкоридан аралашув булмаса иншоолох бугун галаба Насаф томонида булади Насафни куп йиллик мухлиси сифатида Узбекистонни барча футбол мухлисларидан илтимос килардимки Насафни ДУО килинг иншоолох НАСАФ юзингизни ерга каратмайди ОЛГА НАСАФ ОМАД ЁР БУЛСИН .
Тулкин Гуломов
03/11/2023 08:39
Яна нохақликларни кўрсак ажабланарли бўлмайди