O‘zbek brendi haqida yoxud BUKA bilan xorijning qaysi mashhur jangchilari hamkorlik qiladi?

Jahonda mashhur sport maxsulotlari ishlab chiqaradigan kompaniyalar talaygina topiladi. Jumladan, “Adidas”, “Nike”, “Puma”, “Joma” ular hozirdagi eng mashhur “brend”lar hisoblanadi. Bugun, biz xorijniki haqida emas, aksincha “milliy brend”imiz “BUKA” haqida biroz so‘z yuritishni lozim topdik.
Shu o‘rinda ushbu kompaniya mamlakatimiz sportining rivojiga ham o‘z xissasini qo‘shib kelmoqda. 

Mazkur “brend”ga 2016 yil dekabrda asos solingan. O‘z mahsulotlarini esa, 2017 yildan sotuvga chiqaradi. Qisqa fursat mobaynida “ BUKA” tomonidan ishlab chiqarilgan sport kiyimlari va anjomlari nafaqat yurtimizda balki xorijda ham o‘z o‘rniga ega bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.  Albatta, buning zamirida uning sifat darajasining yaxshi ekanligi, bejirimligi va shunga monand narxi o‘rin tutsa ajab emas. 

Ikki yillik faoliyati davomida kompaniya Rossiya, Qozog‘iston,  umuman olganda MDH mamlakatlari hamda yaqin sharq bozorida yanada mashhurlikka erisha oldi. Bunga ushbu mamlakatlarda o‘z do‘konlariga ega ekanligi ham kichik bir misol bo‘la oladi.

Asosiy fakt sifatida esa, yakkakurash olamining butunjahonga ma’lum va mashhur vakillari ushbu “milliy brend” imiz bilan hamkorlik qilayotganini aytib o‘tishimiz mumkin.
Quyida bu borada ma’lumot berib o‘tamiz:

                                Zabit Magomedsharipov —UFC jangchisi

Ushbu dog‘istonlik atlet ham “BUKA” bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. MMA borasida xabardor bo‘lgan, UFC promousheni o‘tkazadigan turnirlarni kuzatib boradigan har bir muxlis ushbu jangchining qanday darajada ekanligini yaxshi biladi. Yarim engil vazn toifasida oktagonga ko‘tariladigan Magomedsharipov ushbu divizion chempionligiga asosiy da’vogarlardan biri deb bemalol ayta olamiz. 9 noyabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan UFC Fight Night 163 turnirida Kelvin Kattarni mag‘lubiyatga uchratgan Zabit UFC ning o‘z vazn toifasidagi reytingida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Zabit

                                      Zubayra Tuxugov —UFC jangchisi

Ushbu jangchini ortiqcha ta’riflab, o‘tirishga hojat bo‘lmasa kerak. Chunki, uning janglaridan xabari bo‘lmagan muxlis ham Zubayraning ajoyib raqqos ekanligini yaxshi bilishadi. Qolaversa, u o‘ziga xos jangchi. Txugov MMA da jami 23 marotaba jang o‘tkazib, ularning 18 tasida g‘alaba qozongan. 4 marta mag‘lubiyat va 1 bora durang qayd eta olgan. Ularning beshtasini UFC da o‘tkazadi. Ushbu promoushendagi natijasi esa, uch g‘alaba, bir mag‘lubiyat va bir durang.

zuba

                               Islam Maxachev —UFC jangchisi

Dog‘istonlik yana bir UFC ning yangi yulduzlaridan biri ham o‘zbek “brend”ining yuzlaridan... Islam haqida ham uzoq so‘z yuritish mumkin. Ko‘pchilik uni Xabib Nurmagomedovning vorisi sifatida bilishadi. Aynan engil vazn toifasida jang olib borayotgan Maxachev MMA da 19 ta jang o‘tkazgan va 18 bor g‘alaba qayd etgan. Ularning 8 tasida UFC turnirlarida oktagonga ko‘tariladi. Aynan yagona mag‘lubiyatini ushbu promoushenda braziliyalik Adrianu Martinsdan qabul qilib oladi. Mazkur muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng, Maxachev ketma-ket olti marta g‘alabali seriyasini davom ettirmoqda. Kuni kecha yangilangan reytingda 15-o‘rinda qayd etildi.

islom

                                         Umar Nurmagomedov — chempion GFC

Xabib Nurmagomedovning jiyani hisoblanuvchi, ushbu jangchi haqida yurtdoshlarimiz yaxshigina xabardor bo‘lib ulgurishdi. Sababi, 23 noyabr kuni O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan ilk rasmiy MMA turniri GFC 20 ning markaziy jangi aynan Umar Nurmagomedov va Nikita Chistyakov o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. U aralash jang san’ati bo‘yicha 11 marotaba jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. Umar asosan “GFC”, “Fight Nights Globa”, “PFL” promoushenlarining turnirlarida o‘z janglarini o‘tkazgan. Hozirda, GFC ning yarim engil vazn toifasi chempioni hisoblanadi.

umar nurmagomedov

                                         Tagir Ulanbekov — GFC chempioni

Ushbu jangchi ham asta-sekin MMA olamida o‘z o‘rnini topib bormoqda. Tagir janglarini o‘ta engil vazn toifasida olib boradi. Professional faoliyati mobaynida 11 marotaba jang o‘tkazgan, ularning 10 tasida g‘alaba qozonib, bir marotaba mag‘lubiyatga uchragan. Ulanbekov asosan “GFC”, “Fight Nights Global”, turnirlarida o‘z janglarini o‘tkazadi.

Tagir

                                       Rustam Kerimov —  ACA chempioni
Dog‘istonlik yana bir mag‘lubiyatsiz odimlayotgan jangchi. U faoliyati mobaynida 13 marotaba oktagonga ko‘tarilib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Asosan “ACB”,  “VKF”, “ACA” turnirlarida faoliyat yuritadi. Ayni vaqtda “ACA” ning yarim engil vazn toifasidagi chempioni hisoblanadi.

kerimov

                                                    Rustam Xabilov —UFC jangchisi
Yana bir dog‘istonlik UFC jangchisi ham hamkorlardan biri hisoblanadi. Rustam faoliyati davomida 28 marotaba jang o‘tkazib, ularning 24 tasida g‘alaba qozongan. To‘rt bora mag‘lub bo‘lgan. Ularning 13 tasini UFC da o‘tkazib, unda 10 bora g‘alaba qozona oldi. 3 bora mag‘lubiyat ham uning ushbu promoushendagi faoliyatidan o‘rin oladi.

xabilov

                                                                  Qozog‘iston

                                                  Jalgas Jumagulov —“Fight Nights Global” chempioni

Qozog‘istonlik eng mashhur MMA jangchilaridan biri hisoblanadi. U o‘ta engil vazn toifasida “Fight Nights Global” ning amaldagi chempioni. U faoliyati mobaynida 16 marta jang o‘tkazgan. Ularning 13 tasida g‘alaba qozongan. 3 bora mag‘lubiyat ham bor.

Bez nazvaniya_14

                                 Qayrat Ahmedov —“One Championship” chempioni

Yana bir qozog‘istonlik mashhur jangchilardan biri. U yarim engil vazn toifasida “One Championship” da o‘z janglarini o‘tkazadi va mazkur promoushen chempioni hisoblanadi. U professional faoliyatida 25 marotaba jang o‘tkazib, ularning 23 tasida g‘alaba qozongan. 2 marta mag‘lubiyatga ham uchragan.

ahmedov_1

                                                      Sergey Morozov —“M1 Global” chempioni
Qozog‘istonlik ushbu atlet ham ajoyib natijalarni qayd etib kelmoqda. U professional faoliyati mobaynida 20 marotaba jang o‘tkazib, ularning 16 tasida g‘alaba qozonadi. 4 marotaba mag‘lubiyatga uchragan.

moroz


                                                             Turkmaniston

                                               Davlet Yaxshimuradov —ACA chempioni

Turkmanistonlik og‘ir vazn toifasidagi jangchi ham “BUKA” mijozlaridan biri hisoblanadi. U faoliyati mobaynida 22 marotaba jang o‘tkazib, 17 marotaba g‘alaba qozongan. 5 marta mag‘lubiyatga uchragan. U o‘z janglarini asosan “WWFC”, “ACB”, “ACA” turnirlarida o‘tkazadi.

davlet

AQSh, Rossiya

                         Roy Djons -professional boks bo‘yicha bir nechta yo‘nalishlar sobiq chempioni

Bu bokschi haqida juda ko‘p gapirish mumkin. Kichik Jonsning professional boks olamida tutgan o‘rni beqiyos. Uning erishgan natijalaridan esa, barcha xabardor deb o‘ylayman. O‘z vaqtida jahonning eng kuchli bokschisi deya e’tirof etilgan. Qolaversa, u shou-biznesda ham faol hisoblanadi. U filmlarda rol ijro etgan. Repertuarida o‘ziga xos ashulalar ham o‘rin olgan. Bir so‘z bilan aytganda jahon sportining ko‘zga ko‘ringan namoyondasi desak adashmaymiz.
Roy jons
Shu o‘rinda alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, "BUKA" ning mamlaktimiz sporti uchun amalga oshirayotgan ishlari ham taxsinga sazovordir. Bir qator federatsiyalar bilan xomiylik shartnomalariga ega. Misol uchun, boks, taekvondo bo‘yicha terma jamoamiz a’zolarini sport kiyimlari va anjomlari bilan ta’minlab keladi. O‘z o‘rnida professional bokschilarimizning janglarining translyatsiya qilinishida ham beminnat yordam qo‘lini cho‘zib kelmoqda. Yurtimizning eng ko‘zga ko‘ringan sportchilari ushbu "brend" bilan o‘z yo‘llarini bog‘laganidan xursand ekanligini yashirishmaydi.

Xullas,  “milliy brend”imizning rivoji chetda ham e’tirof etilayotganligi faqatgina faxr tuyg‘usini baxsh etadi. O‘ylaymizki, yaqin yillar mobaynida “BUKA” mazkur yo‘nalishdagi etakchi kompaniyalar qatorida e’tirof etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shoxrux MTJ
15/11/2019 22:23
BUKA brendi Mirziyoyevi kuyoviga tegishli ekanligini yozmabsilade..