
O‘zbek futboli afsonasi "Lokomotiv" sport direktori etib tayinlandi
Yosh va iqtidorli mutaxassislardan biri, o‘z vaqtida (2008, 2011) Osiyoning ikki karra "Eng yaxshi futbolchisi" deb topilgan Server Jeparov "Lokomotiv" PFK rahbariyati qaroriga binoan klub sport direktori etib tayinlandi.
2016 yil "temiryo‘lchilar" safida harakat qilib, "Lokomotiv"ning Osiyo chempionlar ligasida chorak finalga qadar etib borishida munosib hissa qo‘shgan Jeparov shu yilning 24 fevral sanasidan "Lokomotiv" futbol maktabida ish boshlagandi. Endilikda esa u klub sport direktori vazifasini bajaradi.
"Lokomotiv" klubi matbuot xizmati
Fikrlar