O‘zbek jahon chempioni endi professional ringda kamar uchun jang qiladi!

  • 6 iyun, 2023, 17:01
  • 0
  • Futbol

Havaskor bokschilar o‘rtasida deyarli barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan Mirazizbek Mirzaxalilov asosiy e’tiborini professional boksga qaratadigan ko‘rinadi.

Quvalik charm qo‘lqop ustasi havaskor bokschilar o‘rtasidagi musobaqalarda 2014 yildan qatnasha boshlagan. Xalqaro maydondagi dastlabki yirik g‘alabasini oradan to‘rt yil o‘tib, 2018 yili Indoneziyaning Jakarta shahrida tashkil etilgan Osiyo o‘yinlarida qo‘lga kiritdi.

7e2511deb682e25fc89b33830810f706

Mirazizbek 56 kilogramm vazn  toifasida barcha raqiblarini mag‘lub etib, delegatsiyamiz g‘aznasiga oltin medal qo‘shdi.

Abduxalilovning yulduzli davri 2019 yilgi mavsumga to‘g‘ri keldi. Tailand poytaxti Bangkok shahri mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida hamyurtimiz hamon o‘z vaznida qit’ada tengsiz ekanini isbotlab qo‘ydi.

Shu yili Rossiyaning Ekaterinburg shahri mezbonlik qilgan jahon chempionati ham hamyurtimiz uchun muvaffaqiyatli bo‘ldi. 57 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tarilgan bokschimiz kuchli raqiblar – braziliyalik Duglas Andrade, marokashlik Muhammad Xamut, qozog‘istonlik Qayrat Eraliev, mo‘g‘ulistonlik Tsendbaatar Erdenebatni engib finalga chiqdi.

Oltin medal uchun kechgan hal qiluvchi bahsda Mirazizbekka uch karra jahon chempioni, uch karra Olimpiya o‘yinlari sovrindori, mintaqa miqyosidagi musobaqalarda oltita oltin medalga sazovor bo‘lgan kubalik Lasaro Alvares ro‘baro‘ keldi.

Bu jangda boks afsonasini enga olgan Mirzaxalilov raqibining jahon chempionatlaridagi muvaffaqiyatiga nuqta qo‘ydi. O‘zi esa, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

_atdprDUwt368oyeopcXRswPh2rWyMo0_medium

Mirzazizbek havaskor boksdagi so‘nggi sovrini 2021 yili Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘tgan Osiyo chempionatida qo‘lga kiritib, kumush medal sohibiga aylandi.

Mirzaxalilov bugun havaskor boksdagi o‘rnini yoshlarga bo‘shatib bergan. 28 yoshli sportchimiz ikki yil muqaddam professional ringdagi faoliyatini boshladi. Mirzaxalilov hozirgacha ikki marta jang o‘tkazib, raqiblari – tanzaniyalik Tasha Myuadji va qirg‘izistonlik Islom To‘raboevni nokautga uchratdi.

Endi Mirazizbek 16 iyun kuni Toshkent shahrida tashkil etiladigan professional boks kechasida qozog‘istonlik Nurslan Sobirov bilan to‘qnash keladi.

Bu jang 53 kilogramm vazn toifasida professional boksning  WBA yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionlik kamari uchun bo‘ladi.

Nurslan Sobirov professional ringdagi faoliyatini 2020 yili boshlagan. Ikki yil davomida jami 9 ta jang o‘tkazib, shulardan ettitasida raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi. Qozog‘istonlik charm qo‘lqop ustasi bir yildan uzoqroq davom etgan tanaffusdan so‘ng, professional bokschilik faoliyatini qayta tikladi.

photo_165941

Bu bokschi shu paytga qadar barcha janglarini o‘z yurtida o‘tkazgan va ilk bor Toshkentdagi professional boks kechasida ringga ko‘tariladi.

Mujibullo engilmas professional bokschiga qarshi chempionlik jangini o‘tkazadi

O‘zbek jangchisidan g‘alaba, qozog‘istonlik fayter alamiga chidolmadi yoxud fanatlardan haqli e’tiroz!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!