O‘zbek jangchisidan g‘alaba, qozog‘istonlik fayter alamiga chidolmadi yoxud fanatlardan haqli e’tiroz!

BEPUL PROPAN

Qozog‘istonning Kentau shahrida aralash jang san’atlari bo‘yicha tashkil etilgan Alash Pride 85 turniridagi voqea ushbu sport turi muxlislari orasida hamon keng muhokama qilinmoqda.

Sports.kz sayti bergan xabarga qaraganda, qozog‘istonlik Nurbakit Aytjanov 77 kilogramm vazn toifasida o‘zbekistonlik Zokir Malik bilan to‘qnash keldi. Hamyurtimiz zarba bilan raqibning qoshini yorib qo‘ydi.

500_647ccf5436a35

Jang davomida sportchilar parter holatida kurashdi. Biroq, Nurbakit musobaqa qoidasini qo‘pol tarzda buzib, parter holatida raqibining boshiga tizzasi bilan zarba berdi. Ta’qiqlangan usulni qo‘llagani uchun uchrashuv hakami mezbon jangchini diskvalifikatsiya qildi.

Shunga qaramay, Nurbakit jang to‘xtatilganidan keyin hali o‘rnidan turmagan Zokir Malikning yuziga kutilmaganda yana musht tushirdi. Buni mag‘lubiyat alamiga chidolmaslik, deb izohlash mumkin.

G‘alaba Zokir Malikka berildi.

Nurbakit Aytjanovning bu qilig‘i aralash jang san’atlari muxlislariga yoqmadi. Qozog‘istonlik fanatlar ijtimoiy tarmoqlarda bu voqeani muhokama qilmoqda va Nurbakit Aytjanovga e’tirozlarini quyidagi shaklda bildirmoqda.

“Nurbakit sportchi emas!”.

“Intizom yo‘q”.

“Adolatli diskvalifikatsiya, hammasi to‘g‘ri bo‘ldi”.

“Pastkashlik, u professional jangchi emas, mazharaboz ekan”.

“Sharmanda, madaniyat umuman yo‘q”.

“Parterda tizzasi bilan boshga tepib, jang to‘xtatilganidan keyin musht ham tushirdi”.

673794

Alash Pride turnirining ijtimoiy tarmoqlarida muxlislar Nurbakit Aytjanovning xatti-harakatlarini keskin qoralamoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, mag‘lubiyatni qabul qilish ham mardlik.

Mujibullo engilmas professional bokschiga qarshi chempionlik jangini o‘tkazadi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Socceruzb
06/06/2023 06:34
Спорт.кз услубида янгилик ёки мақола чиқарманглар илтимос. Бу пасткашлик ва ғийбатга ўхшайди. Кўп кираман спорт.кз сайтига, доим ўзбекларни ёмонлаб , пастга уриб ёзади. Уларга ўхшаманглар. Керакмас. Биз маданиятлимиз.