"O‘zbek Kanelosi" qaysi promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qilmoqchi?

  • 6 iyun, 2020, 16:56
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

  Ikki vaznda WBA Asia kamari sohibi bo‘lgan, "O‘zbek Kanelosi" nomi bilan mashhur Husniddin Po‘latov ayni vaqtda Andijonda o‘z mashg‘ulotlarini davom ettirmoqda. U Janubiy Koreyaning "Cocky Buffalo" promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qilar edi. Anchadan buyon O‘zbekistonda bo‘lib turgan ushbu bokschimizga faoliyatiga oid qanday yangiliklar borligi, "Cocky Buffalo" bilan hamkorlik davom etadimi kabi savollar bilan murojaat qildik.

Tecno

- Katta yangiliklar bor, deb ayta olmayman. Chunki, koronavirus sababli butunjahonda karantin holati hukm surayapti. Shuning uchun, aytarli biror ma’lumot bera olmayman. To‘g‘ri, anchadan buyon O‘zbekistondaman va shu erda mashg‘ulotlar olib bormoqdaman. Karantin o‘z nihoyasiga etib, kasalliklar bartarf bo‘lsa, yana Vetnamga qaytish istagim bor. Ya’ni, "Cocky Buffalo" bilan hamkorlikni davom ettirishim mumkin. Shuningdek, Rossiyadan ham takliflar bor. Murabbiylarim bilan maslahatlashgan holda, vaziyatga qarab ish ko‘ramiz. Hozircha, shularni ayta olaman. Nima bo‘lgan taqdirda ham yanada yaxshi natijalarni qayd etish niyatidaman!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!