O‘zbek sporti mutasaddilari Islom Birdamligi sport federatsiyasi rahbari bilan uchrashdi

  • 10 avgust, 2022, 10:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Turkiyaning Konya shahri V Islom birdamlik o‘yinlariga mezbonlik qilmoqda.

Tecno

Ushbu nufuzli musobaqada yurtimiz para atletlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti – O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev ham Konyaga etib keldi.

Muxtorxon Tashxodjaev Turkiyadagi tashrifi davomida ilk uchrashuvini Islom Birdamligi sport federatsiyasi rahbari shahzoda Abdulaziz Bin Turki Al-Faisal Al Saud bilan o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvda shuningdek, Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov hamda Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tomonlar ayni vaqtda davom etayotgan V Islom birdamlik o‘yinlarida delegatsiyalarning ishtiroki, sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar va kutilayotgan natijalar yuzasidan o‘zaro fikr almashdi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida sport sohasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, oliy darajadagi uchrashuvlar doirasida rasmiy hujjatlarni imzolash masalalari muhokama qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!