O‘zbek to‘purarini Polshada kutishyapti!

  • 15 dekabr, 2022, 18:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bobur Abduxoliqov 2022 yilgi mavsumni Belarus chempionatida o‘tkazib, “Energetik-BGU”ni klub tarixida birinchi marotaba kumush medal olishini ta’minladi. 30 ta uchrashuvda 26 ta to‘p kiritgan hamyurtimizning o‘zi to‘purarlar poygasi g‘olibi, oliy liganing eng samarali o‘yinchisi va musobaqaning eng zo‘r hujumchisi bo‘ldi.

Tecno

Ayni paytda Bobur Abduxoliqov o‘ziga yangi jamoa tanlamoqda. Uning maqsadi – Belarus chempionatidan kuchliroq ligalarda to‘p tepish.

20220911150939

Mavsumda ko‘p gol urgani bilan ajralib turgan “Nasaf” tarbiyalanuvchisiga xorij klublarida qiziqish paydo bo‘ldi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Polsha yuqori divizionining ikki vakili  - “Zaglembe” va “Korona”klublari Abduxoliqovni o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Har ikki klub hujum chizig‘ini kuchaytirishga qaror qilgan.

Tabiiyki, bu jamoalarning Polsha Ekstraklasasidagi o‘rni ko‘pchilikni qiziqtiradi. “Zaglembe” futbolchilari 17 ta uchrashuvda to‘rtta g‘alaba va beshta durang bilan 17 ochko jamg‘argan holda 15-o‘rinni band etib turibdi.

“Korona” jamoasi uchun ham mavsum ancha qiyin kechmoqda. Bu jamoa 17 ta o‘yindan uchtasida zafar quchgan va to‘rt bor durang  qayd etib, 13-ochko bilan 18 ta jamoa orasida 17-pog‘onani egallab turibdi.

Ochig‘ini aytganda, har ikki jamoaning musobaqa jadvalidagi ahvoli Bobur Abduxoliqovning tanloviga ta’sir qilishi mumkin. Chunki bu klublardan biri xavfli zona chegarasida, ikkinchisi esa quyi ligaga tushib ketish arafasida turibdi.

Bobur Abduxoliqov katta ehtimol bilan o‘ziga yuqori maqsadlar sari kurashadigan jamoa tanlashi kutilmoqda. Chunki hamyurtimizning pirovard niyati bosqichma-bosqich kuchliroq ligalarda to‘p tepishdan iborat.

Legionerimiz joriy mavsumda beshta rekordni qayd etganini eslatib o‘tish lozim. “Energetik-BGU” tarkibida Bobur olti marotaba dubl qayd etdi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha Andrey Xlebosolovning 1996 yildagi va Maksim Skavishning 2020 yildagi rekordlarini takrorlab, bu natijani qayd etgan uchinchi futbolchi bo‘ldi.

Bundan tashqari, Abduxoliqov mavsum davomida o‘nta uchrashuvda g‘alaba to‘pini kiritib, Roman Vasilyukning yigirma ikki yil avval o‘rnatilgan rekordini takrorladi.

Boburning yangi rekordi chempionatning safar uchrashuvlarida gol urish bo‘yicha qayd etildi. Hamyurtimiz mezbonlar darvozasini 16 marotaba ishg‘ol qilgan.

Shuningdek, hujumchimiz 26 ta gol bilan Belarus chempionatida bir mavsumda eng ko‘p to‘p kiritgan xorijlik futbolchiga aylandi.

Nihoyat, beshinchi rekord Abduxoliqovni gol+pas tizimi bo‘yicha eng ko‘p – 32 ochko (16 ta gol + 6 ta assist) jamg‘argan legionerga aylantirdi.

bd6c34f78ac195b7acac91a77d2e09b3

Bu ko‘rsatkichlar uning transfer narxini keskin ko‘tardi. Transferlarga ixtisoslashgan https://www.transfermarkt.world portali 30 noyabrdan boshlab, Abduxoliqovni  bir million evroga baholamoqda.  

O‘runov jamoasiz qolganining haqiqati ochildi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!