O‘zbekiston - Eron. Finalni rossiyalik hakamlar brigadasi boshqaradi

  • 19.06.2023 12:47
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

Ertaga "CAFA Nations Cup" turniri finali doirasida O‘zbekiston hamda Eron milliy terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.

O‘FA matbuoi xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, mazkur bellashuvni rossiyalik Kirill Levnikov boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Andrey Vereteshkin va Egor Bolhovitin yordam beradi.

"Bunyodkor" stadioni mezbonlik qiladigan bahs 20 iyun kuni, Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!