
O‘zbekiston - Eron uchrashuvini kimlar sharhlaydi?
Bugun "CAFA Nation’s Cup" xalqaro musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tadi. Toshkentdagi “Bunyodkor” stadioni mezbonlik qiladigan hal qiluvchi uchrashuvda O‘zbekiston millliy terma jamoamiz Eronga qarshi maydonga tushadi.
Ushbu uchrashuv “Sport” telekanali orqali 20:20 dan boshlab to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi. Final bahsini Xayrulla Hamidov va Davron Fayziev tandem sifatida sharhlab boradilar. Rus tilidagi sharhda esa Otabek Jo‘raev ishlaydi.
Darvoqe, 3-o‘rin uchun kechadigan Qirg‘iziston hamda Ummon termalari ishtirokidagi uchrashuv 18:20 dan boshlab “Sport” telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi va mazkur o‘yinni sharhlash Hasan Turdialiev zimmasiga tushgan.
Fikrlar