
O‘zbekiston - KXDR uchrashuvini ummonlik hakamlar boshqarib boradi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati 3-saralash bosqichi doirasida KXDRga qarshi o‘yin o‘tkazishidan xabaringiz bor.
Mazkur uchrashuvda o‘monlik hakamlar brigadasi ishlaydi. Bosh hakam Ahmad Abu Bakar al-Kaf, unga qanotlarda hamyurtlari Abu Bakar al-Amri va Rashid Hamid al-Gaiti yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida esa Qosim Matar al-Hatmi ishlaydi.
Shuningdek, kuvaytlik Abdulloh Jamoli VAR hakami sifatida faoliyat yuritadi.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv ertaga, 5 sentyabr kuni soat 19:00 da “Bunyodkor” stadionida start oladi.
Fikrlar