O‘zbekiston - xalqaro turnir bosh sovrini uchun o‘ynaydi!

  • 28 may, 2021, 08:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

2024 yili bo‘ladigan Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma taqdim etadigan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi musobaqasida qatnashadigan terma jamoa tashkil etilgan edi.

Ushbu jamoa bosh murabbiy e’tib tayinlangan Temur Kapadze 2000-2001 yillarda tug‘ilgan futbolchilardan iborat terma jamoa shakllantirdi.

Ayni paytda, O‘zbekiston U21 yoshlar termasi, deb yuritilayotgan ushbu jamoa Ukrainada o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda ishtirok etmoqda.

Mashhur murabbiy Valeriy Lobanovskiy xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan an’anaviy xalqaro turnirda Ukraina, Ozarbayjon va O‘zbekiston terma jamoalari g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.

Xalqaro musobaqadagi birinchi uchrashuvda ukrainaliklar Ozarbayjon yoshlar terma jamoasiga kichik hisobda yutqazib qo‘ydi.

Ozarbayjonliklar Temur Kapadze shogirdlariga qarshi bo‘ladigan o‘yindan oldin g‘oliblikka asosiy da’vogar edi. O‘zaro bahsda Jasur Jaloliddinov tomonidan 75-daqiqada kiritilgan gol hamyurtlarimizning g‘alabasini ta’minladi.

A’anaviy musobaqaning hal qiluvchi uchrashuvi bugun bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi mezbon futbolchilarga qarshi to‘p tepadi. Futbolchilarimizni durang natija ham bosh sovrin egasiga aylantiradi.

Turnir davomida o‘z mahorati va salohiyatini ko‘rsata olgan futbolchilarga “Eng yaxshi darvozabon”, “Eng yaxshi himoyachi”, “Eng yaxshi yarimhimoyachi” va “Eng yaxshi hujumchi” maxsus sovrinlari topshiriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!