O‘zbekiston - Yaponiya: Matnli translyatsiya

CHERY AUTO

Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi yarim finalidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Yaponiya bahsidan matnli translyatsiyani saytimiz orqali tomosha qiling. 

O‘zbekiston - Yaponiya 1:2

* Uchrashuv boshlanish arafasida. Futzalchilar parketga chiqib keldi. 

1. O‘yinga start berildi. 

1. Ilk daqiqadanoq har ikki jamoa bittadan xavfli vaziyat almashib oldi. 

1. Yaponlar darvozamiz tomon xavfli zarba yo‘lladi. Eliboev o‘z o‘rnida. 

2. Vakillarimiz qarshi hujumga o‘tayotgandi, ammo yaponlar himoyada ishonchli harakat qildi. 

3. Yaponlar hozircha yaxshi himoyalanmoqda. 

4. Anasxon Rahmatovning olisdan yo‘llagan zarbasi, noaniq chiqdi. 

5. Yaponiyalik futzalchiga nisbatan vakillarimiz o‘yin qoidasini buzdi

5. Hamroev o‘yin qoidasini buzdi. Yaponlar jarima zarbasi tepadi.  

6. Yaponlar darvozamiz oldida ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratmoqda. 

7. Eliboevning olisdan yo‘llagan zarbasi biroz noaniq chiqdi. 

8. Eliboev ko‘p vaziyatlarda darvozani tark etishga majbur bo‘lmoqda. Yaponlar himoyada o‘ta tartibli o‘ynayapti. 

8. Rahmatovning zarbasi aniq, ammo kuchsiz. 

9. Ustunlik Yaponiya tomonida. Ammo hozircha hisob - 0:0. 

10. Eliboev jarohat oldi. Uning o‘rniga Rustam Umarov parketga tushdi. 

11. Yaponlarda xavfli vaziyatlar ko‘payib bormoqda. 

12. UXXXX! Hamroev ajoyib imkoniyatni ko‘kka sovurdi. 

13. Hamyurtlarimiz ham biroz faollashib qolishdi. 

14. Yaqindan yo‘llangan kuchli zarbani Rahmatov bartaraf etdi va darvozabongacha ish qoldirmadi. 

15. Yaponiya ustozi taym aut oldi. 

16. Anasxonning olisdan yo‘llagan zarbasi darvoza to‘siniga tegdi. 

17. Yaponlar ham autdan berilgan uzatmadan so‘ng darvozamizga kuchli zarba yo‘lladi. Ammo to‘p yana ustunga tegdi. 

17. Bizda ajoyib imkoniyat, ammo yaponiyalik darvozabon to‘pni boshi bilan qaytardi. 

17. GOOOOOOOOOOOL! Nishonovning uzatmasdan so‘ng Hamroev raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 

18. Ochiqchasiga omadimiz keldi. Yaponiyalik futzalchi deyarli bo‘sh darvozani ishg‘ol eta olmadi. 

19. Anasxon Rahmatovning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

20. Yaponlar olisdan kuchli zarba yo‘lladi. Umarovdan seyv. 

20. Nishonovga sariq kartochka ko‘rsatildi. 

20. Taym yakunlandi. Hozircha vakillarimiz 1:0 hisobida oldinda bormoqda. 

21. Ikkinchi bo‘lim start oldi. 

23. AFSUUUUUSSS! Yaponlar hisobni tenglashtirdi. Autdan berilgan uzatmadan so‘ng Oliveyra farqni yo‘qqa chiqardi. 

24. Hujumga o‘tishda biroz muammolar vujudga kelyapti. 

25. Biroz kretativroq hujumlar uyutirishga harakat qilib ko‘rdik. Ammo Chorievning yo‘llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

27. Oliveyraning olisdan yo‘llagan zarbasini darvozabonimiz qaytardi. 

28. Umarovdan yana bir seyv

28. Juda xavfli vaziyat. Ammo yaponiyalik futzalchining zarbasiga aniqlik etishmadi. 

30. Yaxshi hujum uyushtirdik, ammo hujumda zarba beradigan futzalchi topilmadi. 

30. GOL! Yaponlar hisobda oldinga chiqib oldi. 

31. Rahmatov raqibga nisbatan o‘yin qoidasini buzmoqda. 

32. Yaxshi hujum uyushtirdik, ammo darvozabon ortiqcha qiyinchiliksiz to‘pni egallab oldi. 

34. Rahmatov yana o‘yin qoidasini buzdi. 

35. Raqib futzalchisi Oliveyraga sariq kartochka ko‘rsatildi. Nishonov birga-bir vaziyatga chiqib borayotgandi. 

36. Vakillarimiz o‘ynovchi darvozabon bilan harakat qilmoqda. 

36. Rahtamov darvoza yaqinida, oyog‘ining uchi bilan zarba yo‘lladi, biroz noaniq. 

37. Choriev sherigini ajoyib pas bilan ta’minladi. Ammo zarba yo‘liga yaponlar to‘sqinlik qildi. 

38. VAAAAAY! Rahmatov bo‘sh darvozani ishg‘ol eta olmadi. 

39. UXXX! Yana bir xavfli vaziyat. Darvozabon o‘z o‘rnida. 

40. Bellashuv yakuniga etdi. Vakillarimiz 1:2 hisobida Yaponiyaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Turgunоv Abduvaкhab
06/10/2022 19:09
Видео трансляция борми? Бу полуфинал ахир...