O‘zbekiston chempionati. Birinchi kun jizzaxlik dzyudochilar uchun omadli kechdi

  • 25.11.2025 17:07
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Dzyudo
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Buxoro shahridagi muhtasham "Universal" sport saroyi mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatining birinchi kungi bahslari ortda qoldi. 

Kecha erkaklar -60, -66, ayollar -48, -52 va -57 kg vazn toifalarida tatamiga chiqishdi. Beshta vazndan 2 tasida jizzaxlik dzyudochilar shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishdi. Yana ham aniqrog‘i, ayollar o‘rtasida Jizzax viloyati vakilalari Sevinch Murodova va Rayhona Mamatova O‘zbekiston chempioni bo‘lishdi. 

Shuningdek, qashqadaryolik Muhayyo Axmatova, buxorolik Bahrom Boturov va Toshkent shahri dzyudochisi Bobur Vadjiev ham o‘z vaznlarida oltin medal qo‘lga kiritdi.

Birinchi kun g‘olib va sovrindorlari:

-48 kg vazn toifasi:
1. Sevinch Murodova (Jizzax)
2. Ulbosin Hakimova (Sirdaryo)
3. Fotimaxon Tursunboeva (Namangan)
3. Dilrux Hasanova (Jizzax)

-52 kg vazn toifasi:
1. Muhayyo Axmatova (Qashqadaryo)
2. Sita Qadamboeva (Xorazm)
3. Nigina Umirzoqova (Samarqand) 
3. Umida Jumaniyazova (Qoraqalpog‘iston)

-57 kg vazn toifasi:
1. Rayhona Mamatova (Jizzax)
2. Muxlisa Ganjaeva (Xorazm)
3. Mohinur Allaberganova (Xorazm)
3. Aselxan Aralbaeva (Toshkent viloyati)

-60 kg vazn toifasi:
1. Bahrom Boturov (Buxoro)
2. Doston Ro‘ziev (Toshkent shahri)
3. Kamoliddin Baxtiyorov (Toshkent shahri)
3. Muhammadjon Masharipov (Xorazm)

-66 kg vazn toifasi:
1. Bobur Vadjiev (Toshkent viloyati)
2. Dilshod Hamroev (Buxoro)
3. Artyom Shturbabin (Toshkent viloyati)
3. Azizbek Ortiqov (Navoiy)

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olim
25/11/2025 21:09
Barakalla Jizzaxliklar!